Yangi antirekord: Rossiyada bir kunda 19 768 kishi koronavirus yuqtirdi

Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kunda 19 768 kishiga ko‘paygan, bu butun pandemiya uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir. Kasallanganlarning umumiy soni esa 1 693 454 kishiga yetdi, deya ma’lum qildi TASS mamlakat Koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabiga asoslanib, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Xususan, Moskvada kuniga 5 826 ta, Moskva viloyatida 569 ta, Nijniy Novgorod viloyatida 417 ta, Arxangelsk viloyatida 389 ta va Rostov viloyatida 309 ta holat aniqlandi. Hozirda Rossiya Federasiyasida 397 306 kishi davolanishni davom ettirmoqda.

Sog‘aygan bemorlar soni kuniga 15 567 taga ko‘paygan, bu butun pandemiya uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir. Jami 1 266 931 bemor sog‘ayib chiqqan. Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘aygan bemorlarning umumiy soni kasallanganlar umumiy sonining 74,8 foizini tashkil etdi.

Реклама на Unews

Rossiyada bir kunda koronavirus tufayli vafot etganlar soni ham eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi – o‘tgan sutka javomida 389 kishi vafot etgan. Mamlakatda yangi infeksiya tufayli jami 29217 kishi vafot etdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring