Yana qancha odam koronavirus qurboniga aylanadi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusga qarshi samarali vaksina hammaga yetib borgunga qadar COVID-19 tufayli 2 milliongacha odam vafot etishini istisno qilmayapti, dedi JSST sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

JSST kovid tufayli dunyo bo‘yicha ikki million kishi vafot etishini taxmin qilmoqda.

«Buni, shubhasiz, tasavvur qilish qiyin. Lekin buni ilojsiz deb ham bo‘lmaydi. Chunki biz 9 oy ichida bir million kishidan ayrildik. Vaksina ommalashishi uchun esa yana 9 oy vaqt kerak bo‘lishi mumkin», — dedi u vaksina keng ommaga yetib borgunga qadar o‘lim soni 2 millionga yetadimi degan savolga javob berarkan.

Реклама на Unews

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda vaksinalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish va baholashda muammolar mavjud.

Shunga qaramay, Rayan shifoxonaga yotqizilgan bemorlar orasida o‘lim darajasi pasayayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, odamlarning o‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘tgan to‘qqiz oydan saboq chiqarish imkoni bor.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring