Yana karantin: Turkiyada yana yangi cheklovlar joriy etildi

Koronavirusga chalinayotganlar soni tobora ortayotgani sabab Turkiya hukumati bir qator cheklovlar joriy etishga qaror qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Jumladan, dam olish kunlari kunlari kechqurun soat 20:00 dan ertalab 10:00 gacha komendantlik soati joriy etiladi. Savdo markazlari, do‘konlar va sartaroshxonalarning soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat etiladi, kafelar va restoranlar esa yopiq bo‘ladi, ular mijozlarga faqat yetkazib berish orqali xizmat ko‘rsatadi. Kinoteatrlar yil oxirigacha ishlamaydi, ta’lim onlayn tarzda davom ettiriladi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an xalqni belgilangan qoidalarga rioya etishga chaqirdi. “Qiyinchiliklar va muammolarni, albatta, bilib turibmiz. Maqsadimiz – yurtimizni bu epidemiya illatidan tezroq qutqarish”, – dedi u. 

Реклама на Unews

17 noyabrdagi ma’lumotga ko‘ra, Turkiyada yana 3316 kishida koronavirus aniqlangan va 94 kishi mazkur infeksiyadan vafot etgan. Koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 417 594 nafarga, vafot etgan bemorlarning soni esa 11 601 nafarni tashkil etdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring