Yana bir xalqaro bank O‘zbekistonga katta miqdorda qarz ajratmoqda!

"Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida "Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (482-son, 12.08.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan «Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish» loyihasi uchun 25 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz berilishi ma’qullangan.

Loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

Реклама на Unews

OIIB qarzi – 385,12 mln;

O‘zbekiston hissasi – soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020-2023 yillar) tashkil etadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring