Yana bir o‘lim: 42 yoshli erkak koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 42 yoshli S.S. (erkak)da joriy yil 17 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u o‘ta og‘ir ahvolda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga o‘tkazilgan,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik sepsis, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 4-darajasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, qandli diabetning dekompensasiya bosqichi kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Реклама на Unews

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring