Yana 200dan ortiq yurtdoshimiz koronavirusdan tuzaldi

Bundan avval poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar bergan edik. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

❗️Shu soatlarda esa poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

❗️Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan tuzalganlar soni 4 652 nafarni tashkil qilmoqda. 

Реклама на Unews

❗️Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida – 298 nafarga, Buxoro viloyatidi – 518 nafarga yetdi.

‼️Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 7 287 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring