Yakkasaroyda ikki Kaptiva to‘qnashdi
4313 27-05-2020 0 O'zimizdaToshkent shahri Yakkasaroy tumanida ikki Kaptiva rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Natijada ulardan biri ag‘darilib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27 may kuni soat 12:45 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Nukus — Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida 1987 yilda tug‘ilgan S.S. (erkak) boshqaruvidagi Kaptiva rusumli va Nukus ko‘chasidan Kichik Beshyog‘och ko‘chasiga burilayotgan haydovchi 1982 yilda tug‘ilgan M.A. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan Kaptiva rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, haydovchi M.A. boshqaruvidagi Kaptiva rusumli transport vositasi ag‘darilgan. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkent shahrida “VAZ-2107” rusumli transport vositasi yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!