Xushxabar! O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori ishlab chiqarish boshlandi

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi “Kovipir” nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning “Toyama Chemical” kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. RNK saqlovchi virus (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqa)larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega ushbu dori vositasini koronavirusga qarshi ijobiy tasiri isbotlangan bo‘lib, 2020 yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llanila boshlangan. Shu oyning o‘zidayoq Xitoyning “Zhejiang Hisun Pharmaceutical” kompaniyasi uni “Favilavir” savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshlagan.

Rossiyada esa may oyidan “XimRar” va RFPI hamkorligida koronavirusning ko‘payish mexanizmini bloklash xususiyatiga ega “Avifavir” dori vositasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring