“Xudoga shukur, uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar juda ko‘p” – Munisa Rizayeva shaxsiy hayoti haqida

Xonanda Munisa Rizayeva Instagramdagi sahifasila muhlislari tomonidan yozilgan munosabatlarga javob berdi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Xonandaning obunachilari unga “alfons” topdingizmi, qachon to‘y degan mazmunda savollar yo‘llagan. Unga javoban xonanda “alfons” izlamayotganini, undaylarni qidirish ham shart emasligini, ular har jyoda topilishini va ayol kishi kimnidir izlashi yaxshi emasligini aytgan.

“Xudoga shukr, menga uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar juda ko‘p. Men haqimda qayg‘urmang”, – deydi xonanda.

Rizayeva shuningdek, unga o‘z oldiga yuksak marra qo‘ygan, oyoqqa turgan, o‘qimishli va aqlli erkak kerakligini aytgan.

“Menga “neudachnik” kerak emas! O‘z ota-onasini hurmat qilgan va barchani birdek qadrlaydigan erkak kerak. Hech qachon kech bo‘lmaydi”, – deya ta’kidladi Rizayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sirli oshiq xonandaga syurpriz tayyorlagan edi. Noma’lum erkak xonandaning uyiga kiraverishini romantik usulda bezatgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 03-12-2020 КРАСАВЧЕГ

    А я и даром не стал бы жениться на ней)

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish