Xotini va uch farzandini chopib tashlagan namanganlik erkak, aslida, qanday odam edi? (VIDEO)

13 iyun kuni Namangan shahri «Yangi zamin» mahallasida yashovchi 44 yoshli fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, uni bolta bilan o‘ldirgani, shuningdek, yana uch nafar voyaga yetmagan farzandlariga hujum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. «O‘zbekiston 24» kanali mazkur fojia yuzasidan videolavha tayyorladi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, janjal oqibatida Ulug‘bek Xolmirzayev 36 yoshli turmush o‘rtog‘ining bosh va bo‘yin sohasiga bolta bilan bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng u voyaga yetmagan farzandlari — 10 va 8 yoshli qizlari, shuningdek, 4 oylik chaqalog‘ini bolta bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda 4 oylik chaqaloq voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafar qiz esa esa tan jarohati olgan. Hozirda ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Namangan filialida davolanmoqda.

«Ushbu er-xotin bunga qadar g‘alva qilib yoki biror marta mahallaga murojaat qilganini bilmayman. Bular kambag‘al yoki kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida ham turmagan, lekin ayoli tez-tez yordam so‘rab chiqib turardi», — deydi jinoyat sodir bo‘lgan mahalla raisi.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, Ulug‘bek Xolmirzayev va Munisa Mamajonovalar 2009 yilda shar’iy nikohdan o‘tib, yashab kelgan. 2019 yilda esa ularning rasmiy nikohlari qayd etilgan.

«Oilada janjal bo‘lganini ko‘rmaganmiz. Marhumning birovga ziyoni tegmaydigan, juda yuvosh odam edi. Bunaqa bo‘lishini hech kim o‘ylamagan edi», — deydi qo‘shnilardan biri.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring