Xorijiy korxonada so`yilayotgan eshak go`shti Kitob tumanida ekani rad etildi

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi xorijiy korxonada eshak go`shti so`yilishi haqida xabar qilingan edi.

Hokimiyat ushbu holat bo`yicha o`rganishni boshlagandi. 

Ayni paytda tuman hokimligi o`rganish natijalarini ma`lum qildi:

Реклама на Unews

"Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanida joylashgan "Qarshi Conch sement" xorijiy korxonasining qurilish hududida eshak so`yilganligi va bundan mahalliy ishchilar norozilik bildirgani aytilgan videolavha yuzasidan tegishli soha xodimlari tezkor surishtiruv ishlarini olib borishdi.  

O`rganishlar davomida mazkur holat Kitob tumanidagi xorijiy korxona bilan bog`liq emasligi ma`lum bo`ldi", - deyiladi xabarda. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring