Xorijga ketayotgan ota-onaga bolalariga vasiy tayinlash majburiyati yuklanyapti

Adliya vazirligi ishlab chiqqan tegishli qonun loyihasi bilan Oila kodeksiga xorijiy davlatga ketayotgan ota-ona zimmasiga qo‘shimcha majburiyat – o‘z bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko‘rish majburiyati yuklatilmoqda.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, kodeksning 74-moddasi quyidagi: «Ota-ona uch oydan ortiq muddatga xorijiy davlatga ketayotganida qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko‘rishi shart.

Ota-ona uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga xorijiy davlatga ketayotganida o‘z bolalarini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi kerak», mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldiriladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring