Xorijdan O`zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarining bandligi ta`minlanishi bo`yicha Prezident Qarori loyihasi e`lon qilindi

Prezidentning “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib O`zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni ish bilan bandligini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori loyihasi e`lon qilindi.

Unga ko`ra, 2022 yil 1 iyuldan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida orttirgan mablag`lari hisobidan O`zbekistonda tadbirkorlikni yo`lga qo`ymoqchi bo`lgan mehnat migrantlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun “50x50” tamoyili asosida dastur joriy etiladi. Bunda:

  • loyiha umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ko`p bo`lmagan miqdorda Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi hisobidan subsidiya ajratiladi;
  • ajratiladigan subsidiyalar har bir ishga qabul qilingan fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan oshmasligi kerak;
  • subsidiya ajratishda Yagona milliy mehnat tizimida ro`yxatdan o`tkazilgan mehnat shartnomasi asos hisoblanadi.
 

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki qaytib kelgan mehnat migrantlar uchun “O`z kelajagimga o`zim investor” loyihasi joriy etiladi. Bunda:

Реклама на Unews

  • dastur doirasida TIF “Milliy bank”, AT “Xalq bank” va AT “Sanoatqurilishbank” tomonidan kamida 1 ming nafar mehnat migrantiga ishlab chiqarish, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, xizmat ko`rsatish yo`nalishidagi har bir loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha kredit ajratiladi;
  • kredit olmoqchi bo`lgan fuqaroning mehnat migrasiyasidan qaytganligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining “labor-migration” dasturiy majmuasida qayd etilgan ma`lumotlar asosida taqdim etiladigan tasdiqnoma bilan tasdiqlanadi;
  • dasturni amalga oshirish uchun Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`laridan mazkur kichik bandda ko`rsatilgan banklarga 30 milliard so`m miqdorida resurs ajratiladi;
  • kredit resurslari Reintegrasiya markazi rahbari va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining hududiy filiallari tomonidan taqdim etiladigan manzilli ro`yxat asosida moliyalashtiriladi;
  • dastur doirasida 33 million so`mgacha ajratilayotgan kredit mablag`lari mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan garov ta`minotisiz ajratiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring