BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Xorijda toʻp suradigan oʻzbek futbolchilari qancha maosh oladi?

Bugungi kunda xorijda toʻp suradigan oʻzbekistonlik ligionerlar soni bir nechtani tashkil etadi. Hatto ular orasida nufuzli ligalarda toʻp tepayotganlar ham bor. Jumladan, Eldor Shomurodov ham yaqinda Italiyaning «Jenoa» klubiga oʻtgan. «Tez News» nashri quyida xorij hamda Oʻzbekistonda toʻp suradigan oʻzbek futbolchilarining oylik maoshi haqida maʼlumot beradi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda Super liga va Pro-ligada eng kam ish haqi 578 ming soʻmdan boshlanadi. Oliy liganing yetakchi klublaridagi tajribali futbolchilar esa 20 million soʻmdan koʻproq maosh oladi va bu mukofot pullari bilan 2 baravarga oshirib berilishi mumkin.

Pro-liganing oʻrtamiyona klublarda esa futbolchilarning oylik maoshlari 2–6 million soʻm atrofida boʻlsa, har bir gʻalabali oʻyinlar uchun mukofot puli oʻrnida 3–7 million soʻm toʻlanadi. Bir oyda 2 ta oʻyinda gʻalabani qoʻlga kiritsa, klub futbolchilari 8–15 million soʻm mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Qayd etilishicha, «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov yiliga 1 million 579 ming dollar maosh oladi. Xitoyning «Shanghai SIPG» futbol klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov yiliga 5 million dollar, BAAning «Sharja» futbolchisi Otabek Shukurov 1,6 million hamda «Shabob al-Ahli» futbolchisi Aziz Gʻaniyev 1 million yevro maosh oladi.

Shuningdek, Rossiyaning «Rotor» futbolchisi Vitaliy Denisov 950 ming hamda «Ufa» futbolchisi Oston Oʻrunov 900 ming yevrodan koʻproq maosh oladi.

Avvalroq Instagramʼda eng koʻp obunachiga ega oʻzbek sportchilari reytingi tuzilgan edi. Shuningdek, «Spartak»dagi oʻzbek futbolchisi muxlislar tanqididan soʻng Instagramʼdagi rasmini oʻchirib tashlagani hamda rossiyalik sport sharhlovchisi «Spartak»dagi oʻzbek futbolchisining oʻyin uslubini tanqid qilgani haqida xabar berilgan.

2020 yil qaysi viloyatlarda eng ko‘p korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgani ma’lum qilindi 2020 yilda eng ko‘p Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan. Bu haqda AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. «Viloyatlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, 2020 yilda eng ko‘p Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘proq sodir etilgan. Shu hududlarda eng ko‘p zarar ham keltirilgan va ko‘proq jinoyat sodir etilgan. Shuningdek, 2020 yilda davlat byudjetiga 2017-2019 yillarga nisbatan ko‘proq pul qaytarilgan», – dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi O‘tkirbek Namozboyev. Shuningdek, tadbirda «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlangani ham ma’lum qilindi. Ushbu tartibga ko‘ra, fuqarolar va davlat xizmatchilari biror sohada tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida tegishli organlarga xabar berishlari mumkin. Rag‘batlantirish uchun pul mukofoti miqdori korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqib belgilangan. Dastlabki tahlillarga ko‘ra, qaror ijrosi uchun O‘zbekiston davlat byudjetidan har yili qo‘shimcha o‘rta hisobda 300-500 mln so‘m mablag‘lar talab etiladi.
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.    Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi. Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi «Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring