Xorijda qolayotgan o‘zbekistonliklar diqqatiga: samolyot chiptalarining asl narxi bilan tanishing

Avvalroq, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK joriy yilning 24 mayigacha xorijdagi fuqarolarni ortga qaytarish uchun 12 ta charter reysni amalga oshirishi haqida xabar bergan edik. Xo‘sh, ushbu reyslar uchun chipta narxi ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotganidan 1500 dollargacha va undan ham qimmatmi? QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov orqali chiptalar narxlarini aniqladi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.  

Demak, 24 maygacha amalga oshiriladigan charter reyslarning chipta narxlari quyidagicha: 

•    Istanbul – Toshkent — 285 USD;

Реклама на Unews

•    Sharja – Toshkent — 221 USD;

•    Frankfurt – Toshkent  — 400 USD;

•    London – Toshkent — 440 USD;

Реклама на Unews

•    Dehli – Toshkent — 224 USD;

•    Moskva – Toshkent — 147 USD;

•    Sankt-Peterburg – Toshkent — 178 USD;

•    Rostov – Toshkent — 160 USD;

•    Qozon – Toshkent — 148 USD;

•    Novosibirsk – Toshkent — 186 USD;

Xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda milliy aviakompaniya vakillari tomonidan Vatanga qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ro‘yxatlari shakllantirilgan.

Xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun joriy yilning 15 mayidan 24 mayiga qadar amalga oshiriladigan reyslar jadvali:

•    15 may. Toshkent - Dehli - Toshkent soat 12:00

•    16 may. Toshkent - Rostov-Don - Toshkent soat 11:00

•    17 may. Toshkent - Qozon - Toshkent soat 11:00

•    18 may. Toshkent - Moskva - Toshkent soat 07:20

•    19 may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent soat 08:35

•    20 may. Toshkent - Moskva - Toshkent soat 07:20

•    21 may. Toshkent - Istanbul - Toshkent soat 07:40

•    22 may. Toshkent - London - Toshkent soat 14:00

•    23 may. Toshkent - Novosibirsk - Toshkent soat 13:00

•    24 may. Toshkent - Sharja - Toshkent soat 11:00.

Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu ro‘yxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi. 

Ro‘yxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi. 

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

O‘zbekistonda to‘liq ingliz tilida efirga uzatiladigan telekanal ochilishi mumkin

Alisher Usmonov ajratgan mablag‘ suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga tarqatiladi

Pensiyalar yana naqd pulda beriladigan bo‘ldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring