Xorazmda tadbirkordan katta pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar S.I. va R.D.lar oldindan til biriktirib, «B.Q.» MChJ rahbarining yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 10 mlrd so‘m kredit olish istagi borligidan foydalanib, ushbu kredit mablag‘ini bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali ajratilishida yordam berishlari evaziga 45 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring