Xorazmda ma`lumotnoma olib bermoqchi bo`lgan mutaxassis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “Arxitektura-rejalashtirish byurosi” DUKning Urganch shahri bo`yicha mutaxassisi U.A. “A.G.” MChJ rahbari J.ga “Yoshlar mehnat guzari” qurish uchun ajratilgan er maydoni bo`yicha shahar hokimi qarori o`z kuchida ekanligi to`g`risidagi ma`lumotnomani tanishlari yordamida olib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring