Xorazmda fuqaro o`zini baland bino tomidan tashlamoqchi bo`ldi

Bu haqda Zamon.uz’ Xorazm viloyati IIB matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Voqea 23 yanvar kuni soat 13:30larda Xazorasp tumani tibbiyot birlashmasida sodir bo`lgan.  

Xazorasp tumanida yashovchi, 1977 yil tug`ilgan shaxs tibbiyot birlashmasi tomiga chiqqan. O`zini tomdan tashlamoqchi bo`lgan shaxs tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan pastga olib tushilgan. 

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, u o`zining xatti-harakatlarini anglay olmaydigan  darajada kuchli mast holatida bo`lgan. Fuqaro oila a`zolari hamrohligida qo`yib yuborilgan.  

Hozirda Xazorasp IIB tomonidan shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring