Xorazmda ayollar 20 yoshli qizni kaltaklagani ma'lum bo‘ldi. Voqea bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi

Kecha, 11 iyun sanasida tarmoqlarda bir guruh ayollar boshqa bir ayolni kaltaklagan video tarqalgan edi. Ushbu video tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik voqea bo‘yicha IIV vakili ham ma'lumot bergan edi. Bu haquda "everyday.uz" nashri xabar bermoqda.

Xabar qilganimizdek, hodisa viloyatning Qo‘shko‘prik tumanida sodir bo‘lgan. Repost nashrining ma'lum qilishicha, ushbu voqea shu yil 9 iyunda sodir bo‘lgan. Videoda kaltaklangan shaxs 20 yoshli qiz ekani aniqlandi. U qiz do‘pposlayotganlarning birining o‘g‘li bilan 2016 yildan buyon yashab yurgan. KHatto ularning bir nafar farzandi ham bor ekani oydinlashgan. Ayollar qizni do‘pposlayotganda "o‘g‘lim va kelinimning oilasini nega buzmoqchisan" deb baqirgan. Videoga olayotgan va atrofdagi insonlarning voqeaga aralashishiga yo’l qo‘ymayotgan erkak esa, qiz va zo‘ravonlarni ushbu hodisa bo‘lgan joyga olib kelgan haydovchi ekani ham aniqlangan.

KHuquq tartibot organlarning tibbiy ekspertizasiga ko‘ra kaltaklangan qiz boshi, yelkasi, bilagi, soni va ko‘krak qafasidan jarohatlangan. Shuningdek, videoda qizning sochlari ham kesib tashlanganini ko‘rish mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, IIV vakili ushbu hodisada ishtirok etganlarning barchasi qo‘lga olinganini, aybdorlar qonunga ko‘ra jazolanishini bildirgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring