Xonanda va sportchilar Otabek Umarovga atab qo‘shiq kuyladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari, Triatlon federasiyasi raisi, Aralash jang san’atlari assosiasiyasi prezidenti Otabek Umarov kecha, 15 may kuni 36 yoshni qarshiladi. O‘zbek shou-biznesi va sporti yulduzlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida esa Umarovning surati va unga atalgan dil izhorlari paydo bo‘ldi. Umarov ularning barchasini o‘z sahifasida bo‘lishdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Kechga borib estrada xonandalari va sport yulduzlari ishtirokida Umarovning tavallud kuni munosabati bilan kuylangan qo‘shiq va unga ishlangan klipni Otabek Umarovning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi. Unda xonandalar va sportchilar Otabek Umarovni tavallud kuni bilan tabriklash barobarida u sabab o‘zbek sporti yuqori natijalarga erishayotganini tilga oladilar. Jumladan qo‘shiqda shunday so‘zlar bor: 

Реклама на Unews

Yaxshilar ko‘p tug‘ilsin har dam, 

Mard insonlar ko‘paysa qani. 

Bizlar uchun hamisha bayram, 

Реклама на Unews

Siz kabi Bek mard tug‘ilgani.

 

Qutlug‘ bo‘lsin 36 yoshingiz, 

Uch muchal to‘yingiz, uch bardoshingiz.

Tug‘ilgan kuningiz bo‘lsin muborak, 

Doim tog‘day mag‘rur tursin boshingiz.

 

Ko‘rk beradi mavjlar daryoga, 

Quyosh sabab nurga ziyoga. 

Siz sababdir o‘zbek sporti, 

Bo‘y cho‘zmoqda butun dunyoga.

 

Mardu maydon yigitlar bu kun, 

Ko‘rsatmoqda olamga kuchin.

Aralash jang bizga ham keldi, 

Rahmat sizga barchasi uchun. 

 

Qutlug‘ bo‘lsin 36 yoshingiz, 

Uch muchal to‘yingiz, uch bardoshingiz.

Tug‘ilgan kuningiz bo‘lsin muborak, 

Doim tog‘day mag‘rur tursin boshingiz.

 

So‘ndirmangiz hech mardlik shahdini, 

Qo‘ldan bermang hech omad taxtini. 

Sevgan aziz yoringiz bilan,

Uch farzandning ko‘ring baxtini. 

 

Qutlug‘ bo‘lsin 36 yoshingiz, 

Uch muchal to‘yingiz, uch bardoshingiz.

Tug‘ilgan kuningiz bo‘lsin muborak, 

Doim tog‘day mag‘rur tursin boshingiz.

Shuningdek unda bir qancha sportchilar chiqish qilib, quyidagi so‘zlarni qo‘shimcha qiladi:

•    Kelajakda o‘zbek sportchilari bundan ham katta g‘alabalarni qo‘lga kiritadi;

•    Biz bilan yelkama-elka turishingiz biz uchun sharaf;

•    Sport sohasi siz tufayli kundan-kunga rivojlanmoqda;

•    Biz ishonamiz,  bu yutuqlar faqat boshlanishi. Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz.

Qo‘shiq Yorqinxo‘ja Umarov, Dilafruz Rustamova (Afruza), Murodjon Ahmadaliyev, Dmitriy Shokin kabi taniqli xonandalar va sportchilar tomonidan kuylangan. 

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar 5 nafarga oshdi

Tramp “super-puper raketa“ yaratilishini e’lon qildi

Yaponlar shishirma elektroskuterni taqdim etdi (video)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring