Xonanda Jasur Umirovga sud hukmi o`qildi

Bugun, 2 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on shahar sudida sudlanuvchi Jasur Umirovga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi. Shuningdek, jinoyat ishiga sherik bo`lgan A. Z., Sh. Q.larga ham hukm o`qildi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko`rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmiga ko`ra:

Реклама на Unews

J. U.(Jasur Umirov) Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;  

A. Z. Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg`on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;

Sh. Q. Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi va 241-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Реклама на Unews

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan tomonlarga, shu jumladan sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga, hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab yigirma sutka muddat ichida shu sud orqali Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay`atiga apellyasiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirildi.

Mavzuga doir:

Xonanda Jasur Umirovga oid jinoyat ishi yopiq tarzda ko`rib chiqiladi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring