BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Xitoyda «Lan’ya» virusi tarqalyapti: allaqachon 35 kishi zararlangan

Olimlar guruhi Xitoyda yangi turdagi genipavirusni aniqladilar. Ushbu virus allaqachon 35 kishini zararlashga ulgurgan.

Xitoyning «Penpay» nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, tadqiqot ishlari xitoylik va singapurlik izlanuvchilar tomonidan olib borilgan va izlanish natijalari «Yangi Angliya» tibbiyot jurnali (NEJM)da chop etilgan.

Unda aytilishicha, yangi genipavirus «Lan’ya» deb nomlangan.

«Shu kungacha Xitoyning Shandun va Xenan provinsiyalarida 35 kishi «Lan’ya» virusi (Langya henipavirus, LayV)ni yuqtirib olgan», – deb yozmoqda nashr.

Yangi virus bilan kasallanish belgilari orasida isitma, yo‘tal, holsizlik, ishtahasizlik, mushaklarning og‘rishi hamda ko‘ngil aynib qayt qilish kabilar kuzatiladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, «Lan’ya» belgilari «Nipax» virusini eslatadi, biroq bu bilan kasallanganlar orasida shu kunga qadar jiddiy oqibatlarga, jumladan o‘limga olib kelganlik holatlari kuzatilmagan.

«Shuning uchun biz ushbu yangi virusdan ogoh bo‘lib turishimiz, lekin vahimaga berilmasligimiz kerak», – deydi Singapur Milliy universiteti professori Van Linfa.

«Lan’ya»ning odamdan odamga yuqish hollari, hozircha kuzatilmagan. Ushbu virus, asosan yerqazarlarda uchraydi. Shuningdek, unga qarshi aksiltana (immunitet hosil qiladigan modda)lar echki va itlarda ham topilgan.

Maymun chechagi: AQShda epidemiologik vaziyat murakkab Shu kunlarda Amerika Qo`shma Shtatlarida epidemiologik vaziyatni o`nglash kun tartibidagi muhim masalaga aylangan. Bir tomonda koronavirusning yangi to`lqini avjida. Kuniga 100 mingdan ziyod kishiga COVID-19 tashxisi qo`yilyapti.   Boshqa tomondan esa maymun chechagi virusi shiddat bilan tarqalmoqda. May oyidan buyon 48 ta shtatda 7000 nafardan ortiq bemor ro`yxatga olindi. Shu bois AQSh hukumati ushbu epidemiyani favqulodda holat, deb e`lon qildi.   Hozir eng katta bosim ixtisoslashgan klinikalarga tushmoqda. Bemorlar soni kundan kun ortyapti. Vaksinalar va maxsus testlar tanqisligi ko`zga tashlanmoqda.   To`g`ri, mamlakatda shu kungacha kasallik oqibatida o`lim holatlari kuzatilgani yo`q. Ammo ba`zi bemorlarda infeksiya og`ir o`tyapti. Badandagi toshmalar kuchli og`riqlarni keltirib chiqarayotgani tufayli stasionar muolajalarga talab oshib bormoqda. — Xastalikni antibiotiklar qabul qilish bilangina tezda bartaraf etib bo`lmaydi, — deydi Chikagodagi “Howard Brown Health” klinikasi shifokori Anu Hazra. — Shu bois davolash jarayoni uzoq vaqt talab etadi. Oqibatda bemorlar bir necha hafta davomida og`riqlar bilan kurashishga majbur bo`lmoqda. Mutaxassisning qayd etishicha, may oyidan beri Chikagoda kasallik alomatlari bilan murojaat qiluvchilar soni geometrik progressiya qonuniyati asosida ko`paymoqda. O`z navbatida, infeksiya tabiati birmuncha o`zgargan. U endi nafaqat jismoniy muloqot, balki sochiq va choyshab kabi shaxsiy gigiena vositalari orqali ham yuqishi mumkin. Ayni sababdan mamlakatda kasallikka qarshi emlash kompaniyasi davom ettirilmoqda. Qolaversa, Buyuk Britaniya va Ispaniyada vaksinasiya jarayonlariga katta e`tibor qaratilyapti. Maymun chechagiga chalinganlar soni 550 nafarga yaqinlashishi oqibatida Italiya hukumati ham infeksiya tarqalishini emlash orqali jilovlashga qaror qilgan. Bu erda dastlab 200 kishi vaksinani qabul qiladi. Yana 600 doza preparat qo`llash uchun tayyor   

Fikr qoldiring