Xitoyda ishlab chiqilgan vaksina Toshkentga olib kelindi

Koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichini O`zbekistonda o`tkazishni tashkil etish borasida 7 noyabr kuni o`tkazilgan uchrashuvda Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelinganini ma`lum qildi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, 5 ming kishiga etadigan vaksina Xitoydan Toshkentga olib kelingan. Vaksinalar maxsus sharoitlarda saqlanmoqda. Ko`ngillilar jamoasi shakllantirilganidan so`ng har bir oilaviy poliklinikada imkoniyatdan kelib chiqibb ma`lum sondagi ko`ngillilar bo`yicha sinov ishlariamalga oshiriladi.

Реклама на Unews

Shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi faza sinovlarini o`tkazish bo`yicha xitoylik hamkorlarning to`rt nafari O`zbekistonga tashrif buyurgani, yana 5 nafar xitoylik mutaxassislar kelishi kutilayotgani bildirilgan. Ular 4 oy davomida sinovlarni o`tkazish jarayonida vazirlik bilan birga ish olib boradi.

«Xitoyliklar birinchi galda sinov o`tkaziladigan oilaviy poliklinikalar va ulardagi shart-sharoitlar bilan qiziqishdi. Ikkinchisi, hamkorlarimiz har bir oilaviy poliklinikadan o`ntadan shifokor va hamshira tanlab olib, ular bilan suhbat o`tkazishmoqchi. Keyingi haftadan shifokorlarimizga treninglar o`tkaziladi», — deydi vazir.

Shuningdek, sinovlar viloyatlarda ham o`tkazilishi haqidagi savolga Ibrohim Abdurahmonov quyidagicha javob bergan:

Реклама на Unews

«Yo`q. Bu hozir tadqiqot bo`lgani uchun faqat Toshkent shahrida o`tkazamiz. Buning o`ziga yarasha qulayliklari bo`lishi kerak. Monitoring jarayonini samarali tashkil qila olishimiz juda muhim hisoblanadi»

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring