Xitoy vaziri: "Koronavirus ko'p joydan tarqagan, biz birinchi xabar berganmiz..."

Koronavirus pandemiyasi dunyoning turli joylarida alohida tarqalishi natijasida yuzaga kelgan, buni tobora ko‘proq o‘tkazilayotgan tadqiqotlar ko‘rsatib turibdi. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Sinxua agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Van I koronavirus haqida Xitoy dunyoga xabar bergan birinchi davlat bo‘lganini eslatgan. Pekin zudlik bilan epidemiologik tekshiruv o‘tkazib, kasallik qo‘zg‘atuvchi omillarni aniqlash va muhim ma’lumotlarni tarqatish choralarini ko‘rganini qo‘shimcha qilgan.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 81,9 million kishidan ortiq bo‘lib, ulardan 1,8 milliondan ortig‘i vafot etgan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida esa dunyoda 84 milliondan ortiq kishi kasallangani, ularning 1,82 million nafari vafot etgani keltirilgan.

Реклама на Unews

Aniqlangan holatlar bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh bo‘lib, 20,1 milliondan ortiq kishi kasallangani qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda — Hindiston (10,3 million), uchinchi o‘rinda — Braziliya (7,7 million), to‘rtinchi o‘rinda — Rossiya (3,1 million), beshinchi o‘rinda — Fransiya (2,6 million).

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring