Xitoy vaksinasi immunitet hosil qildi

Xitoyning Sinovac Biotech biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi vaksina klinik sinovlarda inson salomatligi uchun xavfsizligi va tezkor immunitet reaksiyasini yaratish qobiliyatini namoyish etdi.Bu haqda The Lancet Infectious Diseases jurnali ma’lum qildi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Emlangan ko‘ngillilarda antitelalar darajasi COVID-19dan muvaffaqiyatli tuzalganlarnikiga qaraganda pastroq, ammo, bu biologik vositaning inson tanasini virusli infeksiyadan himoya qilish qobiliyatiga ta’sir qilmadi, deyiladi tadqiqotlar natijalarida.

CoronaVac  vaksinasi 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 700 dan ortiq kishida o‘tkazilgan tadqiqotlarda ishlatilgan.

Реклама на Unews

«Ishtirokchilarga 14 kunlik oraliqda 2 doza vaksina berildi. Natijalar preparatning samaradorligini va pandemiya paytida favqulodda vaziyatda foydalanishga yaroqliligini ko‘rsatadi», dedi ilmiy maqola mualliflaridan biri Chju Fensay.

Uning ta’kidlashicha, emlashdan keyin immunitetning qancha vaqt saqlanib qolinishini aniqlash uchun navbatdagi tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring