Xitoy tabiiy ofatdan ogohlantiruvchi yangi sun’iy yo‘ldoshni uchirdi

Xitoyning Shansi provinsiyasidagi Tayyuan kosmodromidan payshanba kuni tabiiy ofatlarning oldini olish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha yangi sun’iy yo‘ldosh uchirildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kosmik boshqarmasiga tayanib.

«S-SAR01» sun’iy yo‘ldoshi payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:53 da «March-2C» raketasi yordamida uchirildi. Sun’iy yo‘ldoshning asosiy foydalanuvchilari Xitoyning Favqulodda vaziyatlar, Ekologiya va Atrof-muhit vazirliklari bo‘ladi.

 

Koinot boshqarmasi xabarida ta’kidlanganidek, sun’iy yo‘ldosh 5 metr o‘lchamdagi S-diapazonli radar tasviri ma’lumotlarini qabul qilib, tabiiy ofatlar haqida ogohlantirishi mumkin bo‘ladi.

Реклама на Unews

Sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlardan tabiiy va suv resurslarini muhofaza qilish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, zilzila monitoringi kabi sohalarda foydalanish rejalashtirilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring