Xitoy iqlim «bombasi» haqida e’lon qildi

Pekin mamlakatning aksariyat katta qismida meteorologik jarayonlarga ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan ob-havoni boshqarish tizimini rivojlantirmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. 

2020 yil dekabr oyida XXR rahbariyati «atmosfera jarayonlariga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha eksperimental dasturni keskin kengaytirish» bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. Gap sun’iy yomg‘irni chaqirish va do‘lga qarshi kurash haqida ketmoqda. Xitoy yaqin besh yil ichida umumiy maydoni 5,5 million kvadrat metrni tashkil etadigan «bulutlar va yog‘ingarchiliklarga sun’iy ta’sir» o‘tkazish bilan «tahdid qilmoqda» hamda yarim million kvadrat kilometrdan ortiq maydonda do‘lni to‘xtatish texnologiyalarini qo‘llamoqchi.

Shu bilan birga, bloomberg.com ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy allaqachon dunyodagi eng katta ob-havoni nazorat qilish tizimiga ega va shu sababli bir qator mutaxassislar XXRni qandaydir iqlimiy qurolni ishlab chiqarishini, xususan, qo‘shni mamlakatlar hududida atmosferada yog‘inlar jarayonlariga ta’sir o‘tkazishini istisno qilishmayapti.

Реклама на Unews

Rosgidrometdagilarni, bu hozircha tashvishlantirmagan ko‘rinadi. Biroq, idoradagilarning “Rosbalt”ga aytib berishlariga qaraganda, agar bunday ulkan reja amalga oshirilsa, XXRning deyarli barcha qishloq xo‘jaligi hududlari sun’iy yomg‘ir bilan ta’minlanar ekan.

Biroq, dastlabki tashvishli ovozlar hozirdanoq yangramoqda. Xususan, Hindistondagi mutaxassislar qo‘shni bo‘lgan buyuk xitoyliklar bulutli va yomg‘irli choyshabni o‘ziga tortib olishidan va hatto u yoki bu shaklda iqlim quroliga ega bo‘lishlaridan xavotirga tushishmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring