Xayrullo Bozorov mening topshiriqlarimni muhokama qilib o`tirmaydi, rahmatli O`ktam Barnoev ham shunday edi — Prezident

Ayni paytda Namangan viloyat hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida ko`rilgan eng muhim masalalardan biri Namangan viloyati hokimini tayinlash haqida bo`ldi, deya xabar qilmoqda sessiyada ishtirok etayotgan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. 

Davlat rahbari viloyat hokimligi mas`ulyati haqida gapirar ekan, bu borada Namanagan viloyatining avvalgi hokimi Xayrullo Bozorov va Buxoro viloyatining marhum hokimi O`ktam Barnoevni namuna qilib ko`rsatdi.

— Xayrulla Bozorovni qo`llab-quvvatlashimni sababi bor: U men aytgan topshiriqlarni muhokama qilib o`tirmasdan bajaradi. Namanganda u tadbirkorlarning ishonchiga kirdi. Hokimga ishondi degani — davlatga ishondi degani. Rahmatli Barnoev ham shunaqa edi: topshiriqlarni vaqtida, aytilganidek, bajarardi. Buxoroni uch yilda keskin o`zgartirdi, borib ko`ringlar! Ulardek hokimlar kam, -dedi Prezident 

Реклама на Unews

Sessiya ishiga doir boshqa yangiliklar:

Alisher Usmonov o`z hisobidan O`zbekistonga 500 ming vaksina olib beradi

Davlat rahbari Toshkentda Prezident universiteti tashkil etilishini ma`lum qildi

Реклама на Unews

Namangan shahar rahbarlarining ishda qolish-qolmasligi bugun Prezidentning ko`radiganlariga bog`liq

Prezident Uychi tumanining 4 ta sektor rahbarini ishdan olish bo`yicha topshiriq berdi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring