«Xalqimiz orasida katta to‘y o‘tkazish majburiyatdek qabul qilinadi» — Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekistonda haddan tashqari dabdabali o‘tkaziladigan to‘ylari haqida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra xalq orasida katta to‘y qilish majburiyat va bir kunlik to‘y uchun yillab ishlash odatiy holga aylangan.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistondagi dabdabali to‘ylarni o‘tkazilishiga va ulardagi an’analarga munosabat bildirdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

«Shaxsan men fuqaro sifatida ixcham to‘ylarni qo‘llab-quvvatlayman. Chunki o‘zim bu sohada ancha vaqt yurganman, juda ko‘p holatlarda odamlarga rahmim kelgan. Besh yil Rossiyada yurib, qora mehnat qilib, o‘sha yerda kasal orttirib, lekin topganini bir kunlik to‘yda yo‘q qilish va ishlagani yana xorijga ketish holatlariga shaxsan guvoh bo‘lganman», — dedi madaniyat vaziri.

«Xalqimiz orasida katta to‘y qilish bir majburiyatdek qabul qilinib, allaqachon shakllanib bo‘lgan. Aqlan olib qaralsa, bu majburiyat emas. Qurbi yetmasa ham qarz olib, dabdabali to‘y qilgandan ko‘ra, odamlar topgan pulini farzandlarini o‘qitishga, ilm olishiga va shu kabi narsalarga yo‘naltirsa, o‘ylaymanki, o‘zlari uchun ham, jamiyatimiz uchun ham foydali bo‘ladi», — deb aytdi u.

Реклама на Unews

Ozodbek Nazarbekov katta-katta to‘yxonalar kafe yoki restoranga aylantirilib, faoliyatini bemalol davom ettirish mumkinligini ta’kidladi.

«Bizda qilingan to‘ylarni dunyoda hali hech kim qilgani yo‘q, eng yuqorilarini ham qildik. Bundan buyog‘iga faqat dabdabali to‘y o‘tkazishga emas, balki ilm-fanga ko‘proq ahamiyat bersak, xalqimiz ham buni to‘g‘ri tushunib, topgan ortiqcha sarmoyasini farzandining ilmi uchun sarflasa, menimcha, to‘g‘ri bo‘ladi», — qo‘shimcha qildi Ozodbek Nazarbekov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring