Xalq ta`limi vaziriga senator so`rovi yuborildi

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo`llagan Murojaatnomasida xalq ta`limi sohasini isloh qilish, yoshlarni ta`lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, umumta`lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Bularni amalga oshirishda, avvalo, mavjud kamchilik va muammolarni aniqlab, hal qilish lozim.

Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Q. Burxanov hududlarda aholi bilan uchrashib ularni qiynayotgan muammolarni o`rgandi.

Реклама на Unews

Xususan, joriy yilning yanvar oyida Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani aholisi bilan o`tkazilgan uchrashuvlarda “O`choqli”, “Yangi turmush” va “Taraqqiyot” mahallalari fuqarolari ushbu mahallalardagi maktablar ta`mirtalab holatga kelib qolganligi sababli, kapital ta`mirlab, rekonstruksiya qilishda amaliy yordam berishni so`radi.

Senatorlar tomonidan “O`choqli”, “Yangi turmush” va “Taraqqiyot” mahallalarida joylashgan umumta`lim maktablari holatlari joyiga chiqib o`rganilganda, haqiqatdan ham mazkur maktablar bugungi kun talablariga umuman javob bermasligi aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha tumanda 62 ta umumta`lim maktabi mavjud bo`lib, ularda 27 672 nafar yoshlar tahsil olmoqda.

13 ta umumta`lim maktablarida esa sport zallari yo`qligi sababli o`quvchilar jismoniy tarbiya bilan muntazam shug`ullanishmayapti.

Реклама на Unews

Yuqoridagilarni inobatga olib, Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Q. Burxanov xalq ta`limi vaziri Sh.X.Shermatovga senator so`rovi yubordi.

Unda Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani “O`choqli” MFYda joylashgan 38-sonli maktabning eski binosi o`rnida yangi zamonaviy 120 o`rinli maktab binosini qurish, “Yangi turmush” MFYdagi 50-sonli maktabning bo`sh turgan binosini hamda “Taraqqiyot” MFYda joylashgan 20-sonli maktabni kapital rekonstruksiya qilish maqsadida 2022 yilga mo`ljallangan investisiya dasturiga kiritish choralarini ko`rilishi so`ralgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring