Xalq ta’limi tizimida 220 mlrdlik kamomad aniqlandi

Korrupsiya – dunyoning barcha mamlakatlarida toqat qilib bo‘lmas illat. Faqat u bilan kurashish qaysidir davlatda murosasiz, qaysidir davlatda esa biroz bo‘sh, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Har yili jahonning bir qancha davlatlari ushbu illatdan milliardlab zarar ko‘radi. Jumladan, O‘zbekiston ham. Mamlakat xalq ta’limi tizimida ham joriy yilda 220 milliard so‘mlik kamomad aniqlangan. 

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov bugun, 3 dekabr kuni Xalq ta’limi vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazirlikning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan tizimda aniqlangan o‘g‘riliklar haqida ma’lumot berdi.

Реклама на Unews

“Sarhisob qiladigan bo‘lsak, joriy yilning 11 oyi davomida jami 220 milliard so‘mlik kamchilik [kamomad] aniqlandi. Aytishim kerakki, bu pul o‘g‘rilik, yeb ketilgan pul emas, bu jami kamchiliklardir. 220 milliard ichidan hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, ish haqi bilan bog‘liq bo‘lgan kamchiliklarni o‘zi 154 milliardni tashkil etadi. Bu raqam kichik emas, darhaqiqat, asrtonomik raqam. Lekin bir narsaga e’tiboringizni qaratmoqchimanki, 20 trillion so‘mlik byudjet egasi agarda 1 foiz xatolikka yo‘l qo‘ysa, shuning o‘zi tizim bo‘yicha  200 milliard bo‘ladi. Bu juda noto‘g‘ri va albatta, buning oldini olishimiz kerak. 

154 mlrdning hisobini aniqlaydigan bo‘lsak, shundan 70 mlrd so‘mi, aniqrog‘i 69,8 mlrd so‘mi o‘zlashtirish holatlariga to‘g‘ri keldi. Ochiq oydin aytish kerakki, bu – o‘g‘rilik. Ya’ni bizning ichki audit xizmati tomonidan 70 mlrd o‘g‘rilik holati aniqlandi. Biz shaffof tizimda ishlab kelyapmiz, berkitadigan narsamiz yo‘q, bu holatlarning eng qo‘pollarini ham aytishim kerak”, deydi Komilov.

Vazir o‘rinbosari so‘zida davom etar ekan, sohaga yetkazilgan zararlar misolida Andijon shahri va Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanini keltirib o‘tdi.

Реклама на Unews

“Misol uchun, Andijon viloyatining Andijon shahrida 20,4 mlrd so‘m, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 7,8 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari hisoblangan ish haqiga nisbatan ortiqcha olinib, kassaga kirim qilinmagan va o‘zlashtirib yuborilgan.

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani 4,9 mlrd so‘mlik, mablag‘ ishlamaydigan xodimlarga hamda ortiqcha ish haqi hisoblash orqali o‘zlashtirilgan. Shu yerning o‘zida 77 mlrd so‘mlik kamomad topildi”, deydi Komilov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 04-12-2020 cayot

    Yahshilab titkilansa bundanda ko'prog' kamomad chiqishi turgan gap

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish