Virus blokatorlarining samarasizligini ma’lum bo‘ldi

Yaponiya iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasi koronavirusdan saqlanish uchun taqish kerak bo‘lgan virus blokatorlari samarasiz degan xulosaga keldi, deb xabar berdi NHK telekanaliga tayanib “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Boshqarma blokatorning samarali ekanligi haqidagi da’vo hech qanday oqilona asosga ega emasligini ta’kidladi.

Avvalo, gap o‘z veb-saytida fevral oyida koronavirus infeksiyasining oldini olish vositasi sifatida blokator haqida ma’lumot joylashtirgan TOA Industry Co. Ltd kompaniyasining mahsulotlari haqida bormoqda.

Реклама на Unews

Eksperimentlar natijalari bo‘yicha kompaniya tomonidan berilgan ma’lumotlar juda cheklangan bo‘lib chiqdi. Ularning tajribasi faqat yopiq hududlarda o‘tkazilgan.

Yaponiya iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasi blokatorlarning samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar iste’molchilarni chalg‘itadi degan fikrga kelgan.

Blokatorlarni targ‘ib qilgan kompaniya afsusda ekanini bildirgan. Ishlab chiqaruvchi «rasmiy proseduralar orqali adolat» o‘rnatishga va’da bergan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring