"Virus blokator" (beydjik) 2 metr masofagacha virusdan himoya qiladi, deyishyapti. Shu rostmi?

1 iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

- Dorixonalarda koronavirusdan himoya qiladigan qimmat beydj (virus blokator) sotilmoqda. Aytishlaricha, u 2 metr masofagacha virusdan himoya qilarmish. Beydj — sotib olishga arziydimi?

Viruslar blokatori — Yaponiyada kashf qilingan individual beydj, hozirda uni Rossiya kompaniyalari ham ishlab chiqarmoqda. Kashfiyotchilarning ta’kidlashicha, beydjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirishga hamda bakteriya, virus va qo‘ziqorinlarni yo‘q qilishga yordam beradi.

Реклама на Unews

Afsuski, bunday bayonotlar beydjlar haqiqatan inson atrofida tozalikni ta’minlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor bug‘ shaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uchun uni plastik yoki qog‘ozga kiritish emas, balki sepish kerak. Bundan tashqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qo‘zg‘atuvchisida sinovdan o‘tkazishgan, ishlab chiqaruvchilar esa barcha mavjud mikroorganizmlardan 99 foizga himoyalashini aytishmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring