Video: Toshkentda “Neksiya” haydovchisi YPX xodimini urib ketdi

Toshkentda “Neksiya” haydovchisi YPX xodimini urib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi,   deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, voqea shu yil 10 avgust kuni soat 00.46 larda sodir bo‘lgan. YPX xodimi “Lasetti”ni to‘xtatib, haydovchi bilan suhbat qilib turgan vaqtda 46 yoshli fuqaro boshqaruvchidagi “Neksiya” avtomashinasi kelib dastlab “Lasetti”ga va shu orqali YPX xodimini urib yuborgan. Natijada o‘sha yerda bo‘lgan “Matiz” avtomaninasi ham shikastlangan.

Hozirda YPX xodimi va “Neksiya-2” haydovichisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun Olmazor tumani prokuraturasiga yetkazilgani aytilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring