Video: Poyezd tagiga yotib olgan andijonlik erkak qilgan ishi uchun uzr so‘radi

Avvalroq saytimizda erkak Tik-tokda “layk” yig‘ish uchun harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga yotib olib, ushbu holatni videoga olgani haqida yozgan edik, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa Andijon viloyatida 9 yanvarda sodir bo‘lgan. Videodagi shaxs esa 1984 yilda tug‘ilgan, Andijon tumanida yashovchi Kimsanov Zafarbek ekani ma’lum bo‘lgan. 3 ta farzandning otasi Zafarbek bu ishni odamlarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida qilganini, shunchaki tik-tokga joylash uchun video olganini ma’lum qilgan.

Erkak boshqalarga bunday qilmaslikni maslahat berib, qilgan ishi uchun xalqdan uzr so‘ragan. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring