Video: O‘zbekistonda qor bo‘roni kuzatilmoqda. Elektrda uzilishlar va binolarning tomlari uchib tushmoqda

Bugun O‘zbekistonda havo keskin sovib ketdi. Ayrim viloyatlarda qor bo‘roni kuzatilmoqda, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Xususan, kuchli shamol va qor bo‘roin kuzatilgani sababli Andiojonda ko‘nggilsiz hodisalar ro‘y bermoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda joylarda sodir bo‘layotgan hodisalarning surat va videolari tarqatilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, havoning keskin o‘zgarishi sababli Qamchiq dovonida qor va kuchli shamol bo‘lib, havo harorati -16 darajagacha tushib ketgan va katta tirbandlik sodir bo‘lgan.

Andijonda esa kuchli shamol sababli reklama bannerlari qiyshayib qolgan. Shuningdek, ayrim binolarning tomlari uchib ketib, avtomashinalar ustiga tushgan. Xorazmning ko‘plab tumanlari elektr ta’minotisiz qoldi. Bunday ob-havo qishloq xo‘jaligiga ham zarar yetkazgan. Asakada bodring ekilgan issiqxonalarning plyonkasi uchib ketgan.

Aniqlanishicha, joylarda bunday ob-havoning zararini kamaytirish maqsadida yo‘llar tozalanib, tuz va qumlar sepilmoqda. Ayrim hududlarda zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etilmoqda.

Видео: Ўзбекистонда қор бўрони кузатилмоқда. Электрда узилишлар ва биноларнинг томлари учиб тушмоқда

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring