Video: Namangandagi maktabning ahvoli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi maktab filialida olingan video tarqaldi. Video telegram kanallarda e’lon qilindi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Videoda bolalar ayanchli sharoitda tahsil olayotganini ko‘rish mumkin. Bino o‘quv dargohiga emas, balki ko‘proq ombor yoki molxonaga o‘xshab ketadi. Bolalar ikkita xonada ta’lim olmoqda. Bitta xonaning o‘zida ikkita sinfga dars o‘tilmoqda. O‘qituvchilar bitta doskani ikkiga bo‘lib olishlariga to‘g‘ri kelyapti va ikkita sinf uchun bir vaqtning o‘zida dars o‘tishga majbur bo‘lishyapti.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bunday holat Chortoq tumanidagi 39-sonli maktabning Buloqboshi filialida sodir bo‘lmoqda. Maktab filialida hatto eshigi ham yo‘q bo‘lgan bitta hojatxona bor. Shuningdek, bolalarga qo‘lini yuvishga ham sharoit yo‘q. O‘quvchilar sovuq bo‘lgani uchun darsda qalin kiyimda o‘tirishlariga majbur bo‘lishmoqda. Ushbu filialda Beshtop va Qumrobod mahallalarida yashovchi bolalar o‘qishmoqda. Mahalliy rahbarlar yangi maktab qo‘rib berishni va’da qilib kelishyapti. Lekin aholi ko‘p yillardan beri ushbu muammo hal bo‘lmagani uchun va’dalarga ishonmay qo‘ygan.


Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring