Video: Munisa Rizayeva o‘zidan yoshroq yigitga turmushga chiqayotganini ma’lum qildi

Xonanda Munisa Rizayeva turmushga chiqmoqda. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Turmushga chiqish haqidagi niyati to‘g‘risida xonanda instagramdagi sahifasida jonli efir vaqtida ma’lum qildi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, to‘y yanvar oyi ohiri yoki fevral oyi boshlarida bo‘lib o‘tadi.

Rizayeva u tanlagan yigit undan yoshroq ekanini ma’lum qilib, uning yoshini aytmadi. Xonanda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i uni qattiq yaxshi ko‘rishini hamda uning ijodini hurmat qilishini aytgan.
“U meni sevadi va mening ijodimni juda qattiq hurmat qiladi. Eng muhimi, u menga kareram bilan shug‘ullanishga taqiq qo‘ymaydi”, – deydi xonanda.
Xonanda nega o‘zidan yoshroq yigitni tanlagani haqida berilgan savolga uning tengdoshlari allaqachon oilali bo‘lib ketganini hazilomuz tarzda aytib, javob berdi. Ta’kidlash joiz, Rizayeva 34 yoshda. Eslatib o‘tamiz, u ayni vaqtda Dubayda dam olmoqda.
 

 
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring