Video: Koson tuman hokimi o‘rinbosari murojaatchini yotgan holda qabul qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda mansabdorning yotib olgan holda fuqaroni qabul qilgani aks etgan video tarqaldi. Video telegram kanallarda e’lon qilindi.

Videoni tarqatganlar undagi mansabdor Koson tuman hokimi o‘rinbosari ekanini aytmoqda. Unda mansabdorning oldiga murojaatchi ayol kelganini va ayol uy masalasida murojaat qilayotganini ko‘rish mumkin.

Ayol mansabdorga uy berish masalasi cho‘zilib ketayognini sababini so‘raganda hokim o‘rinbosarligi aytilayotgan shaxs hali bu bo‘yicha xat kelmaganini aytgan. Shundan so‘ng hokim o‘rinbosari ayol tomonidan “har bir fuqaro bilan yotib gaplashasizmi” degan savoliga “men hali obed ham qilganim yo‘q” deb javob bergan. Hozircha holat yuzasidan izoh berilgani yo‘q.


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 22-12-2020 cayot

    O'rinbosar shunchalik bo'lsa hokim qanaqa gaplashishini tasavvur qivurila, ehhhh amal tegib inson qiyofasidan chiqib ketvotgan amaldorla sila hechkimmassila oddiy halq bo'lmasa, o'zligilani unutmela, silayam qachonladur amal tegmasidan oldin shu oddiy fuqaro orasida yer tepib yurgan bitta shahs bo'ganilani unutmela😠😠😠

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish