Venera sayyorasida hayot izlari topildi!

Veneraning yuqori qatlamida ba’zi tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan fosfin gazining izlari topildi. Bu haqda  Buyuk Britaniya Qirollik astronomiya jamiyati xabar bermoqda.

Kashfiyot Kardiff universiteti (Buyuk Britaniya) va Massachusets texnologiya instituti (AQSh) olimlari tomonidan Gavayidagi Jeyms Klark Maksvell teleskopi va Chilidagi Atakama katta millimetr to‘lqinli antenna massivi yordamida amalga oshirildi.

Voqeani sharhlar ekan NASA direktori Jim Braydenstayn Veneraga eng ustuvor vazifa sifatida qarash vaqti kelganini aytdi.

Реклама на Unews

"Anaerob biologiyaning yon mahsuloti bo‘lgan fosfinning aniqlanishi, Yerdan tashqari hayot yaratish uchun eng muhim voqea", - deb yozdi Braydenstayn o‘zining Tvitter sahifasida.

Fosfin – rangsiz, juda zaharli gaz. Yerda u kislorodni talab qilmaydigan anayerob mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi. 2019 yilda ekzoplanetalar (boshqa yulduzlar atrofidagi sayyoralar) atmosferasida fosfinni izlash ulardagi mumkin bo‘lgan hayotning belgisi sifatida taklif qilingan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring