Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlov amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatiga yangi mudir tayinlandi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Hukumat qarori bilan kotibiyatga Abdumalik Abduqodirovich Allamurodov rahbar bo‘ldi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasidagi kotibiyatning avvalgi mudiri G‘olibsher Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring