Vazirlar Mahkamasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan:

- Sherzod Abdurasulovich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib;

- Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari - Turizm va sportni rivojlantirish masalalari sho‘’basi mudiri etib;

Реклама на Unews

- Alisher Mirkamalovich Nazarmuxamedov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari sho‘’basi mudiri etib;

-Shaxobiddin Sharafiddinovich Musayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari sho‘’basi mudiri etib tayinlandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring