Vazirlar Mahkamasi xodimi koronavirusga chalindi. Butun kotibiyat karantinga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkmasidagi kotibiyati mudiri koronavirusga chalindi. Bu ma’lumotni QALAMPIR.UZ manbasi tasdiqladi.

Ayni vaqtda Hukumat binosi qat’iy karantinga olingan, barcha xodimlari koronavirusga tahlil topshirmoqda. Koronavirus aniqlangan kotibiyatning barcha xodimlari karantinga olingan.

Hozircha Hukumat binosida koronavirus aniqlangani bo‘yicha rasmiy xabar berilmadi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada aholi orasida 482 ta holatda koronavirus aniqlandi. Ularning 57 tasida virus yuqtirish manbasi aniqlanmagan.

Toshkent shahridagi “O‘rikzor”, “Yunusobod” va “Malika” savdo majmuasi faoliyati to‘xtatildi. Poytaxtda “qizil” toiafadagi mahalllar soni 42 tadan 71 taga ko‘paydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring