BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Vazirlar mahkamasi O'zbekistanda avtomobillar ishlab chiqarilishi bo'yicha o'ta muhim qaror qabul qilinmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, «O‘zavtosanoat» AJ xalqaro konsalting tashkilotlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021 yil 1 fevralga qadar loyihalarni amalga oshirish aniq muddatlari, ishlab chiqarish quvvati, moliyalashtirish miqdori, davlat tomonidan beriladigan ko‘maklar va boshqa ma’lumotlarni nazarda tutgan «O‘zavtosanoat» AJ korxonalarida faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ishlab chiqarish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Moliya vazirligi 2021 yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Davlat budjetini shakllantirishda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalari respublika hududida xarid qilinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ularni ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda avtomototransport vositalari egalari (ulardan foydalanuvchilar) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlarni bekor qilishni nazarda tutadi.

Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida zamonaviy texnologik tizimlardan foydalangan holda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zaryadlash terminallarini o‘rnatishni tashkil qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekistonda 1-fevraldan oyliklar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar oshadi! Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni 2021-yilgi O‘zbekiston davlat budjetining ijrosini ta’minlash bo‘yicha qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA. Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. Ushbu sanadan boshlab O‘zbekiston hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 747,3 ming so‘m (679,3 ming so‘m) etib belgilanadi. Bazaviy hisoblash miqdori esa 223 ming so‘mdan 245 ming so‘mga ko‘tariladi. Qarorda 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 10 foizga oshiriladi. Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa 434 ming so‘m etib belgilanadi.   Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam 326−653 ming so‘m etib belgilanadi. Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.   Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-fevraldan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, hamda pensiya, stipendiya va nafaqalar o‘rtacha 7 foizga oshirilgan edi. 1-sentabrdan boshlab pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirilgan edi. Farmon bilan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar uchun nafaqa oluvchilar sonini 2 baravar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolaga qarash uchun nafaqa oluvchilar sonini 20 foizga oshirilgan edi.
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.    Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi. Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi «Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring