Vazifasiga mas`uliyatli yondashmagan ayrim rahbarlarga "hayfsan" va "qat`iy ogohlantirish" berildi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat kooperasiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishi ayni paytda davom etmoqda.

Tanqidiy ruhda bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida Prezident Sh.Mirziyoev 37 trillion so`mlik yangi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha 2022-2023 yillar uchun 2,5 mingta loyihani ishga tushirish bo`yicha qabul qilingan dasturning aniq ijrosini so`rash vaqti kelgani ta`kidladi.

"Buni o`ylamagan, atrofdagi vaziyatdan bexabar, siyosatni tushunmaydigan hokim yoki tarmoq rahbarining ishlashga haqqi yo`q”, dedi davlatimiz rahbari.

Реклама на Unews

Yig`ilishda Farmasevtika agentligi direktoriga “hayfsan” e`lon qilindi. Uning ikkala o`rinbosarini ishdan olishga ko`rsatma berildi.  

Bosh vazirga Farmasevtika agentligi tizimi va faoliyatini tubdan o`zgartirish choralarini ko`rish topshirildi.

“O`zbekiston temir yo`llari” raisi vazifasini bajaruvchisiga   “hayfsan”, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi, "O`zmetkombinat" raisi, "O`zbekneftgaz" raisining birinchi o`rinbosariga qat`iy ogohlantirish berildi.

Реклама на Unews

Yanvar-fevral oylarida “Elektron kooperasiya” portali orqali 860 milliard so`mlik 5 mingta shartnoma tuzilgan bo`lsada, ularning ijrosi ayrim hududlarda bajarilmagani, elektron savdolarda Qoraqalpog`iston, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi korxonalar ulushi 1 foizni ham tashkil qilmasligi tanqid qilindi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring