«Uzbekistan Airways» Qozog‘istonning Oqtov shahriga parvozlarni bekor qildi

Qozog‘istonning Oqtov xalqaro aeroporti xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi munosabati bilan, 2021 yil 5 yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY-9725/9726 Urganch – Oqtov – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlari bekor qilindi.

«Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.

Yo‘lovchilar 5 yanvar kuniga Oqtovga bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», deyiladi «Uzbekistan Airways» xabarida.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda suyultirilgan gaz narxining oshirilishi ortidan namoyishlar bo‘lib o‘tdi. So‘ng, mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev namoyishchilarga murojaat qildi. Biroz vaqtdan so‘ng Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqarildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring