“Uzbekistan airways” Navro`z bayrami munosabati bilan ichki qatnovlarga 50 foizgacha chegirmalar e`lon qildi (yo`nalishlar)

Navro`z bayrami munosabati bilan o`tkazilayotgan aksiya doirasida 2021 yil 20 – 22 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mahalliy yo`nalishlardagi qatnovlarga 30 foizdan 50 foizgacha chegirmalar o`rnatiladi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.

“Uzbekistan airways” aviakompaniyasi ma`lumotlariga ko`ra, ushbu aksiya doirasida quyidagi chegirmalar taqdim etiladi:

- individual yo`lovchilar uchun – 30%,

Реклама на Unews

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o`quvchilari, lisey, kollej va oliy o`quv yurtlari talabalari, O`zbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ va boshqa idoralar tizimi maxsus ta`lim muassasalari o`quvchilari va tinglovchilari uchun – 40%,

- oila uchun (2 va undan ortiq kishi, ya`ni er va xotin ularning 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari bor bo`lgan ota yoki 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari bo`lgan ona) uchun – 50%,

- pensionerlar va nogironligi bo`lgan shaxslar uchun – 50%,

Реклама на Unews

- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun – 50%,

- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun – 50%.

Mahalliy yo`nalishlarda amalga oshirilayotgan qatnovlar.

Urganch - Farg`ona

Farg`ona - Urganch

Toshkent - Nukus

Nukus - Toshkent

Toshkent - Urganch

Urganch - Toshkent

Toshkent - Termiz

Termiz - Toshkent

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring