Uzbekistan Airways bahordan boshlab Rossiyaga parvozlarni ko`paytiradi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2023 yil bahor-yoz navigasiyasidan boshlab, Toshkentdan Rossiya Federasiyasining ikkita shahriga yangi yo`nalish bo`yicha aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bu haqda Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, aviakompaniya Toshkent – Omsk – Toshkent yo`nalishi bo`yicha 26 martdan haftasiga bir marta, yakshanba kunlari, shuningdek, Toshkent – Nijniy Novgorod – Toshkent yo`nalishi bo`yicha 28 martdan haftasiga ikki marta, seshanba va shanba kunlari muntazam parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Qatnovlar aviakompaniyaning kam byudjetli yo`lovchi aviatashuvchisi hisoblangan – Uzbekistan Airways Express brendi ostida amalga oshirilib, aviasiya bozorida yo`lovchilar uchun hamyonbop narxdagi aviachiptalarni taqdim etadi.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, sal avval “Toshkent – Novosibirsk – Toshkent” xalqaro yo`nalishida poezd qatnovi qayta tiklangani xabar qilingan edi. 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring