Uzbekistan Airways bahorda Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklamoqda

Uzbekistan Airways 2023 yil 28 martdan boshlab Toshkent–Milan–Toshkent va 31 martdan Toshkent–Parij–Toshkent yo`nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Parvozlar haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent–Milan yo`nalishida aviachiptalar 4 391 000 so`mdan, Toshkent–Milan–Toshkent yo`nalishida esa 6 084 752 so`mdan boshlanadi. Toshkent–Parij yo`nalishida aviachiptalar 4 317 000 so`mdan, Toshkent– Parij –Toshkent yo`nalishida esa 6 337 975 so`mdan boshlanadi.

Реклама на Unews

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring