Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Buxoro – Istanbul – Buxoro yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

2022 yil 15 maydan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Buxoro – Istanbul – Buxoro yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Parvozlar haftada ikki marta payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

 

HY-285 va HY-286 raqamli aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Реклама на Unews

 

Buxorodan jo‘nab ketish: 09:45 (Toshkent vaqti)
Istanbulga yetib borish: 12:25 (Istanbul vaqti)

Istanbuldan jo‘nab ketish: 13:55 (Istanbul vaqti)
Buxoroga yetib borish: 20:05 (Toshkent vaqti)

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Реклама на Unews

☎️ Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring